Erdo'g'an Turkiyaning shimoli-sharqida yangi neft koni topilganini aytdi

“Bu 2022 yilda quruqlikda topilgan eng yirik 10 ta kondan biridir”, deydi Turkiya prezidenti.

1918175
Erdo'g'an Turkiyaning shimoli-sharqida yangi neft koni topilganini aytdi

 

Turkiyaning shimoli-sharqida joylashgan Gabar tog‘i hududida yangi neft koni topildi.

Bu haqda Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha telemurojaatida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ochilgan neft zaxiralarining sof hajmi 150 million barrelni tashkil etadi. 

Davlat rahbarining aytishicha, zaxiralarning qiymati qariyb 12 milliard dollarga baholanmoqda. 

“Bu 2022 yilda quruqlikda topilgan eng yirik 10 ta kondan biridir”, deydi Turkiya prezidenti. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, neft sifati juda yuqori bo‘lgan mintaqadagi to‘rtta quduqdan kuniga 5 ming barrel neft qazib olinmoqda. 

Erdo‘g‘an Turkiyaning milliy neft kompaniyasi “Türkiye Petrolleri”ning 5 yil avval taxminan 40 ming barrel bo‘lgan kunlik ishlab chiqarish hajmi bugungi kunda 65 ming barrelga ko‘tarilganini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati qo‘shimcha seysmik tadqiqotlar, burg‘ulash ishlarini ko‘paytirish va hosildorlikni oshirish usullarini joriy etish orqali Turkiya Respublikasining yuz yilligiga qadar kunlik neft qazib olish hajmini 100 ming barrelga yetkazishni rejalashtirmoqda. 

“Pandemiya davrida ko‘plab neft va gaz kompaniyalari taslim bo‘lgan bo‘lsa-da, “Türkiye Petrolleri” qidiruv va qazib olish faoliyatini tezlashtirdi. Birgina 2021 yilning o‘zida yana 34 ta kon ochildi va biz hozirgi zaxiralarimizga yana 71 million barrel qo‘shdik”,  deydi Prezident Erdo‘g‘an.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar