Turkiya kemalari Ukrainadan don eksportini davom ettiradi

"Turkiya bayrog‘i ostidagi kemalarning chiqishi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Ular Ukraina portlaridan ketishda davom etadilar", deydi Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar.

1901057
Turkiya kemalari Ukrainadan don eksportini davom ettiradi

 

Rossiyaning Qoradengiz don tashabbusidagi ishtiroki to‘xtatilganiga qaramay, Turkiya bayrog‘i ostida suzuvchi kemalar Ukraina portlaridan don eksportini muammosiz davom ettiradi.

Bu haqda Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar ma'lum qildi.

"Turkiya bayrog‘i ostidagi kemalarning chiqishi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Ular Ukraina portlaridan ketishda davom etadilar", deydi u.

Shuningdek, Hulusi Akar tomonlar don bo‘yicha kelishuvni to‘liq amalga oshirish borasida kelishib olishlariga umid bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Rossiya portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha BMT bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

“Biz Turkiya sifatida bu ishga hissa qo‘shish va vositachi rolimizni samarali bajarish uchun sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz”, deydi vazir.

Rossiya 29 oktyabr kuni g'alla tashabbusining Sivastopoldagi hujumlar tufayli vaqtinchalik to'xtatilganini eslatgan Akar:

"Biz hammamiz koʻrib turibmizki, agar don tashish toʻxtasa, rivojlanayotgan mamlakatlarda jiddiy ochlik muammolari, narxlarning oshishi va siyosiy barqarorlikning buzilishiga olib kelishi mumkin. Memorandum imzolangandan so‘ng darhol g‘alla narxida jiddiy pasayish va yengillik kuzatildi. Shunday davom etishini istaymiz”,-dedi.

Akar Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov va Ukraina Infratuzilma vaziri Oleksandr Kubrakov bilan alohida uchrashganini bildirdi.

"Tomonlar o‘rtasida kelishuv mavjudki, u yerdagi portlardan faqat g‘alla chiqadi va yo‘lakdan insonparvarlik yordami uchun foydalaniladi. Suhbatdoshlarimizga bu faoliyatni to‘xtatmaslik, hech qanday muammo tug‘dirmaslik kerakligini eslatdik. Bu yo'nalishdagi sa'u-harakatlar davom etmoqda. Biz mavjud ma'lumotlarni ko'zdan kechiryabmiz",-deydi u.

Vazir Akar, Rossiya don yo'lagini to'xtatganidan keyin don yuklangan kemalarning so'nggi holati haqida shunday dedi:

"Ukraina portlarini tark etgan va dengizda suzib kelayotgan kemalar yo'lda davom etmoqda. Turkiya bayrog'i ostidagi kemalarning u yerdan chiqishida muammo yo'q. Ular chiqishda davom etadi".


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar