Turkiya va Isroil harbiy sohada faol hamkorlik qilish niyatida

Bu haqda 27 oktyabr kuni Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar Anqarada Isroil mudofaa vaziri Beni Gans bilan muzokaralar yakunida aytib o‘tdi.

1898954
Turkiya va Isroil harbiy sohada faol hamkorlik qilish niyatida

 

Turkiya Isroil bilan diplomatik munosabatlar tiklangach, u bilan harbiy sohada, harbiy sanoat va xavfsizlik sohasida faol hamkorlik qilish niyatida.

Bu haqda 27 oktyabr kuni Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar Anqarada Isroil mudofaa vaziri Beni Gans bilan muzokaralar yakunida aytib o‘tdi. 

“Biz hamkorlikdagi tajribamizdan, jumladan, harbiy sohada, harbiy sanoat va xavfsizlik sohasida munosabatlarimizning yangi davrining boshida qanday foydalanish bo‘yicha fikr almashdik. Bu tashrif kelgusida rivojlanish uchun juda muhimdir. Mavjud kelishmovchiliklarga qaramay, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik va muloqotni rivojlantirish, ayniqsa, Falastindagi mavjud muammolarni hal qilishga ham hissa qo‘shadi”, deydi Hulusi Akar. 

Isroil mudofaa vaziri Anqaraga tashrifi doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan ham qabul qilindi.

Eslatma: Joriy yilning avgust oyida Erdo‘g‘an va Isroil Bosh vaziri Yair Lapid telefon orqali muloqot qilgan, shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash va davlatlar 4 yillik tanaffusdan so‘ng poytaxtlarga elchilarini qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma’lum qilingan edi.  


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar