Erdo‘g‘an bilan Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushidagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi.

1895436
Erdo‘g‘an bilan Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushidagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra muloqot chog‘ida, 24-fevraldan beri davom etgan Rossiya-Ukraina urushidagi oxirgi vaziyat qo‘lga olindi.

Erdo‘g‘an unda, muammoni diplomatik yo‘llar orqali hal qilish sharoitini har qanday vaziyatda jonli tutish kerakligini, urushning muzokara yo‘llari orqali tugatilishi uchun kerakli har qanday hissani qo‘shishga tayyorliklarini ifoda etdi.

Prezident Erdo‘g‘an shuningdek, oxirgi dam olish kunida mamlakatning Bartin viloyatiga qarashli Amasra tumanida sodir bo‘lgan va 41 ishchi hayotdan ko‘z yumgan portlash munosabi bilan ta’ziya izhor etgan Zelenskiyga minnatdorchilik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar