Qatar Amiri Al Sani bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Sani Istanbulda bo'lib o'tadigan Turkiya-Qatar Oliy strategik qo'mitasining sakkizinchi yig'ilishiga raislik qiladi.

1892745
Qatar Amiri Al Sani bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Sani Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, tashrif doirasida Turkiya-Qatar Oliy strategik qo'mitasining sakkizinchi yig'ilishi Istanbulda prezident Erdo'g'an va Qatar Amiri Al Sani raisligida bo'lib o'tadi.

Tegishli vazirlar ham ishtirok etadigan mazkur yig'ilishda Turkiya-Qatar munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar ko'zdan kechiriladi.

Bundan tashqari, dolzarb mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.



Aloqador xabarlar