Turkiya prezidenti Erdo'g'an Qozog‘istonga yetib bordi

Oliy martabali mehmon Akorda saroyida Qozog’iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1891923
Turkiya prezidenti Erdo'g'an Qozog‘istonga yetib bordi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Qozog‘istonga yetib bordi.

Oliy martabali mehmon Akorda saroyida Qozog’iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Davlat rahbari 12-14 oktyabr kunlari Ostona shahrida bo'lib o'tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammitida ishtirok etadi.

Erdo'g'an Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev bilan birga "Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining navbatdagi Sammiti"ga raislik qiladi. U shuningdek, sammitda nutq so’zlaydi. 

Shu kunning o'zida tegishli vazirlar ishtirokida bo'lib o'tadigan yig'ilishda Turkiya-Qozog'iston munosabatlari har tomonlama ko'rib chiqiladi va kengaytirilgan strategik sheriklikni chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Uchrashuvlarda mintaqaviy va global muammolar hamda ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashiladi.

Prezident Erdo'g'anning bir qator xorijiy davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalangan.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar