Erdo'g'an Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson bilan uchrashdi

Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson Yevropa Siyosiy Hamjamiyati sammiti doirasida Pragada Erdo'g'an bilan o'tgan norasmiy uchrashuvni samarali deb baholadi.

1889742
Erdo'g'an Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson bilan uchrashdi

 

Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson Yevropa Siyosiy Hamjamiyati sammiti doirasida Pragada Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashdi.

Magdalena Andersson Erdo'g'an bilan o'tgan norasmiy uchrashuvni samarali deb baholadi.

Uchrashuvdan keyin Andersson Shvetsiyaning TT axborot agentligiga bayonot berdi.

"Erdog’an bilan yaxshi muloqot qildik” dedi u agentlikka bergan intervyusida.

Ispaniya poytaxti Madridda iyun oyida NATO sammiti doirasida imzolangan Uchlik memorandumni qo'llab-quvvatlashini ifoda etgan Andersson, Erdo'g'anga Turkiyaga qurol eksportiga qo'yilgan embargoning memorandum asosda olib tashlanganini aytganini ma'lum qildi.

Magdalena Andersson o'z mamlakatida kelasi hafta e'lon qilinishi kutilayotgan yangi hukumat ham kelishuvga sodiq qolishini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Magdalena Andersson , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar