Erdo‘g‘an: Iqtisodiy inqirozga qarshi ko‘rgan choralar bilan to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni isbotladik

Erdo‘g‘an Istanbuldagi Dolmabahche ofisida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy o‘zgarishlar va yangi paradigmalar sammitida ishtirok etdi.

1886881
Erdo‘g‘an: Iqtisodiy inqirozga qarshi ko‘rgan choralar bilan to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni isbotladik

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

“Pandemiya (Covid-19) bilan boshlab, (Rossiya-Ukraina) urush bilan keng tus olgan global iqtisodiy inqirozga qarshi ko‘rgan choralarimiz bilan, to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni isbotladik”.-dedi.

Erdo‘g‘an Istanbuldagi Dolmabahche ofisida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy o‘zgarishlar va yangi paradigmalar sammitida ishtirok etdi.

Prezident Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida:

“Pandemiya (Covid-19) bilan boshlab, (Rossiya-Ukraina) urush bilan keng tus olgan global iqtisodiy inqirozga qarshi ko‘rgan choralarimiz bilan, to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni isbotladik. Albatda bu jarayonda ziyon ham ko‘rdik. Valyuta kursi amaliyotlari yo‘l ochgan muammolarni, muqobil usullar bilan hal qildik”.-deya gapirdi.

Erdo‘g‘an shuningdek,

“Biz ish bilan bandlikni, tariximizdagi eng yuqori darajaga ko‘tarar ekanmiz ayni vaqtda inflyatsiya yo‘l ochgan pasayishni qoplash uchun ham har qanday choralarni ko‘ryapmiz”.-dedi.



Aloqador xabarlar