Erdo'g’an Samarqandda Xitoy, Mo’g’uliston va Pokiston yetakchilari bilan uchrashdi

Turkiya va Xitoy yetakchilarining tor doiradagi uchrashuvi O‘zbekiston Prezidentining yozgi saroyida yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

1880663
Erdo'g’an Samarqandda Xitoy, Mo’g’uliston va Pokiston yetakchilari bilan uchrashdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Samarqandda bo'lib o'tayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
Turkiya va Xitoy yetakchilarining tor doiradagi uchrashuvi O‘zbekiston Prezidentining yozgi saroyida yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

Ma'lumotga ko'ra, yetakchilar Turkiya bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini atroflicha ko‘rib chiqdilar. Oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik kengayib borayotgani qayd etildi.

Uchrashuv taxminan yarim soat davom etdi.

Erdo'g'an shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida Mo’g’uliston Prezidenti Ukhnaagiin Khurelsukh va Pokiston Bosh vaziri Shahbaz Sharif bilan uchrashuv amalga oshirdi.

Uchrashuv tafsilotlari ma'lum qilinmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Samarqand , #Pokiston , #Mo'g'uliston , #Xitoy , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar