Hulusi Akar Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Hasanov bilan muloqot qildi

Yetakchilar suhbat chog'ida Ozarbayjon va Armaniston chegarasida ro'y bergan to'qnashuv tafsilotlarini muhokama qilgan.

1879801
Hulusi Akar Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Hasanov bilan muloqot qildi

 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zokir Hasanov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, yetakchilar suhbat chog'ida Ozarbayjon va Armaniston chegarasida ro'y bergan to'qnashuv tafsilotlarini muhokama qilgan.

Chegaradagi so'nggi vaziyat haqida ma'lumot olgan Hulusi Akar, to'qnashuvda ko'plab Ozarbayjon askarlari halok bo'lgani munosabati bilan ularning oila a'zolariga, Ozarbayjon xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, yaradorlarning tezroq sog'ayib ketishini tilagan.

Muloqotda Armanistonning tajovuzkor va provokatsion harakatiga munosabatini bildirgan Hulusi Akar, Turkiya har doim qardosh Ozarbayjonning yonida ekanini yana bir bor ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Zokir Hasanov , #Turkiya , #Ozarbayjon , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar