Aleksandr Vuchich Erdo’g’anning barqarorlikni saqlashdagi konstruktiv roliga baho berdi

“Barcha vatandoshlarimga Turkiyaga tashrif buyurishni tavsiya qilaman. Erdo‘g‘an boshchiligida bu davlat qanday muvaffaqiyatlarga erishganini hamma ko‘rishi kerak, deb o‘ylayman”, deydi Vuchich.

1877416
Aleksandr Vuchich Erdo’g’anning barqarorlikni saqlashdagi konstruktiv roliga baho berdi

 

Prezident Erdoʻgʻan boshchiligida Turkiyaning mintaqada barqarorlikni saqlashdagi konstruktiv roli hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Bu haqda Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Belgradda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar eng yuqori cho‘qqida.

“Barcha vatandoshlarimga Turkiyaga tashrif buyurishni tavsiya qilaman. Erdo‘g‘an boshchiligida bu davlat qanday muvaffaqiyatlarga erishganini hamma ko‘rishi kerak, deb o‘ylayman”, deydi Vuchich.

Prezident Erdo’g’anning Bolqon davlatlariga tashrifi vositachilik xususiyatiga ega ekanligini ta’kidlagan Vuchich, Erdo’g’anning samimiy va tinchliksevar qobiliyatiga ham urg’u berdi.

Erdo’g'anga samimiyligi va mintaqaga bergan ahamiyati uchun minnatdorlik bildirgan Vuchich, "Turkiyaga hamisha cheksiz hurmat va qiziqish ko’rsatamiz, bu yerda o'zingizni uyingizdagidek his qiling. Har kimga Turkiyaga borishni tavsiya qilaman. Ushbu yirik davlat nimalarga qodir ekanini hamma ko'rishi kerak. Erdo‘g‘an boshchiligida bu davlat qanday muvaffaqiyatlarga erishganini hamma ko‘rishi kerak, deb o‘ylayman”,-dedi.

Serbiya yetakchisi ijtimoiy tarmoq orqali Prezident Erdo’g’anning mamlakatiga tashrifiga munosabat bildirdi.

Vuchic Turkiya va Serbiya o'rtasida ikki davlat fuqarolari shaxsiy guvohnomalar asosida o‘zaro sayohat qilishlari borasida imzolangan protokolga munosabat bildirib, "Prezident Erdo'g'anni mehmon qilish har doim katta sharafdir" deb yozdi.

Turkiya-Serbiya munosabatlarini zamonaviy tarixning eng yuqori darajasiga ko'targanliklariga diqqat qaratgan Vuchich, “Aziz do‘stim Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga katta rahmat”, degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Aleksandr Vuchich , #Serbiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar