Turkiya Rossiya va Afg'oniston hukumatiga hamdardlik bildirdi

Turkiya kecha Afg'oniston poytaxti Kobuldagi Rossiya elchixonasi oldida sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoraladi.

1876400
Turkiya Rossiya va Afg'oniston hukumatiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya kecha Afg'oniston poytaxti Kobuldagi Rossiya elchixonasi oldida sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etildi.

“Biz kecha, 5 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Qobul shahridagi konsullik boshqarmasi yaqinida sodir etilgan va diplomatik missiya xodimlari va Afg‘oniston fuqarolarining o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakatini keskin qoralaymiz.

Bu kabi qabih harakatlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi”, deyiladi TIV bayonotida.

Shuningdek, bayonotda Rossiya Federatsiyasi va Afg'oniston xalqiga hamdardlik bildirilgan hamda jarohatlanganlarga shifo tilaklari bildirilgan.

Eslatma: kecha, 5 sentyabr kuni Qobuldagi Rossiya elchixonasi oldida terakt sodir etildi. Ushbu portlashni xudkush-terrorchi sodir etgan. Rossiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, portlashda diplomatik missiyaning ikki nafar xodimi halok bo’lgan.

Kobul politsiya boshqarmasi voizi Xolid Zadran, terrakt oqibatida elchixonada ishlagan 4 kishi va 2 nafar Rossiya fuqarosining hayotdan ko'z yumganini va ko'plab tinch aholi vakili jarohatlanganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar