Hulusi Akar polkovnik Hamdan Karshiyev bilan uchrashdi

Hulusi Akar O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari polkovnik Hamdan Karshiyev bilan ham uchrashdi.

1874056
Hulusi Akar polkovnik Hamdan Karshiyev bilan uchrashdi
akar-savunma bakanlari1.jpg
akar-savunma bakanlari.jpg

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiyaga tashrif buyurgan ba’zi vazir va vazir o‘rinbosarlari bilan uchrashdi.

Hulusi Akarning taklifiga binoan Turkiyaga kelgan Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zakir Hasanov, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘lu, Qozog‘iston Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Sultan Kemaleddinov, Qirg‘iziston Milliy Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Aqilbek Ibrayev va O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari polkovnik Hamdan Karshiyev bilan Milliy Mudofaa Universiteti Harbiy akademiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda uchrashdi.

Akar, hamrohligidagi Turk Qurolli kuchlari (TQK) Harbiy kuch tuzilmalari rahbariyati, Turkiyaga tashrif buyurgan vazir va vazir o‘rinbosarlarini birma-bir kutib oldi.

Mudofaa vaziri Akar o‘z so‘zida, qardosh davlatlar sifatida uchrashuv o‘tkazishning ahamiyatiga to‘xtalib mavzu haqida:

“Ma’lum bo‘lganidek, dunyoda hech kim o‘zi yolg‘iz oyoqda turolmaydi. Shuning uchun ham do‘st, qardosh va ittifoqchi davlatlar o‘zaro hamkorlik qilishlari, muzokaralar o‘tkazishlari kerak. Biz harbiy mashq ustidan hamkorlik qilib, mudofaa sanoati bo‘yicha munosabatlarni yanada rivojlantirishimiz mumkin. Bu borada hech qanday qaror qabul qilinmagan, stol usti toptoza. Hamma fikrini, ko‘z qarashini o‘rtaga qo‘yadi va birgalikda qaror qabul qilamiz. Chunki tinchlik davrlaridan yaxshi foydalanmasak unda, xavfli davrlarda juda kech bo‘ladi. Biz amalga oshirgan bu faoliyatlar, hech qaysi uchinchi davlatga nisbatan yo‘lga qo‘yilayotgani yo‘q”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hulusi Akar, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘luning tashrifi chog‘ida, “Kipr, bizning milliy masalamiz”, der ekan Ozarbayjon Mudofaa vaziri Hasanovni, “Birodarim keldi”,-degan so‘zlar bilan kutib oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hulusi Akar , #Hamdan Karshiyev

Aloqador xabarlar