Erdo'g'an 30 avgust - G’alaba bayramining 100 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi

"Buyuk G'alabaning 100 yilligiga erishib turganimizdan baxtiyorman", deb so'z boshladi Turkiya prezidenti o'z tabrigida.

1873554
Erdo'g'an 30 avgust - G’alaba bayramining 100 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an 30 avgust - G’alaba bayramining 100 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo'lladi.

Erdo'g'an Turkiya Respublikasining 100 yilligi nishonlanadigan 2023 yil buyuk va qudratli Turkiya barpo etilishini e'lon qilgan yangi bosqich bo'lishini bildirdi.

"Buyuk G'alabaning 100 yilligiga erishib turganimizdan baxtiyorman", dedi Turkiya prezidenti.

Erdo'g'an 30-avgust G'alaba bayrami munosabati bilan butun turk xalqini, Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi qardosh xalqlarni va butun dunyoda yashayotgan barcha vatandoshlarni tabrikladi.

– Buyuk G‘alaba munosabati bilan kunimizda erkin yashayotgan zaminimiz azaliy va abadiy Vatanimiz ekani yana bir bor tasdiqlandi. 

Nihoyat, 2016-yilning 15-iyuliga o‘tar kechasi (to‘ntarishga urinish) sodir bo‘lgan voqea shuni yana bir bor ko‘rsatdiki, Buyuk kurashga ilhom bergan bukilmas iroda bizning qalblarimizda hamon mavj urmoqda. Turkiya o’tmishdan olgan kuch bilan yorug’ va farovon kelajagini qurish yo’lida qat’iy qadam tashlamoqda. Respublikamizning 100 yilligini nishonlaydigan 2023 yil buyuk va qudratli Turkiyaning barpo etilishini e’lon qiladigan yangi bosqich bo‘ladi, degan umiddamiz",- deb aytgan Erdo'g'an.

Turkiya prezidenti o'z murojaatida ushbu ulug' kun munosabati bilan Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturk va uning safdoshlarini  hurmat bilan yodga oldi.

 



Aloqador xabarlar