Chavusho‘g‘lu Ukraina donini tashigan kemaning yo‘lga chiqqanini bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Ukraina donini tashigan kemaning yo‘lga chiqqanini bildirdi.

1861910
Chavusho‘g‘lu Ukraina donini tashigan kemaning yo‘lga chiqqanini bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Ukrainaning don va don mahsulotlarini Qora dengiz orqali xavfsiz ravishda tashish doirasida birinchi kemaning yo‘lga chiqqanini bildirdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mavzu haqida:

“Ukraina donini Qora dengiz orqali xavfsiz ravishda tashish doirasida birinchi kema yo‘lga chiqdi. Bu jarayonning uzluksiz va muammosiz davom etishini xohlaymiz. Bu borada zimmamizga tushgan vazifani bajarishni ham davom etamiz. Kelishuvning o‘q uzishni to‘xtatish va doimiy tinchlikka olib kelishini tilab qolamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ham ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida:

“Turk diplomatiyasining muhim yutug‘i bo‘lgan don eksporti boshladi. Turkiyaning muvozanat siyosati, jahon oziq-ovqat xavfsizligi va narxlarining barqarorligini ta’minlaydi. Biz bu nozik jarayonni (Rossiya-Ukraina) yuritar ekanmiz ayni vaqtda urushni tugatish sa’y-harakatlarimiz davom etadi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar