Suriya shimolida 4 terrorist yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1844605
Suriya shimolida 4 terrorist yo‘q qilindi

Suriya shimolida PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 4 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

“Shahidlarimizning qonini yerda qoldirmadik, qoldirmayapmiz, qoldirmaymiz. Suriyada Tinchlik bulog‘i va Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqalarga qarshi hujum uyushtirgan PKK/YPG terror tashkiloti yo‘q qilindi. Kurashimiz oxirgi terrorist ham yo‘q qilingunga qadar davom etadi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turk Qurolli kuchlari Suriyaning shimolini 2016-yilning 24-avgustidan 2017-yilning 29-martigacha uyushtirgan “Firat qalqoni” va 2019-yilning 9-oktabridan 25-noyabrigacha uyushtirgan “Tinchlik bulogʻi” amaliyoti orqali terrordan qutqargandi.



Aloqador xabarlar