BMT hujjatlarida Turkiya atamasi o‘zgardi

BMT Turkiya atamasining rasmiy hujjatlarda o‘rgartirilishini ma’qulladi. Endi avvalgi "Turkey" o‘rniga "Türkiye" atamasi ishlatiladi.

1837148
BMT hujjatlarida Turkiya atamasi o‘zgardi

 

BMT Turkiya atamasining rasmiy hujjatlarda o‘rgartirilishini ma’qulladi. Endi avvalgi "Turkey" o‘rniga "Türkiye" atamasi ishlatiladi.

Bundan buyon "Republic of Turkey (Turkiya Respublikasi) Republic of Türkiye" deyiladi. 

Turkiya BMT Xavfsizlik Kengashidagi “Xalqaro huquq buzilishiga qarshi javobgarlik va adolatni kuchaytirish” sessiyasida ishtirok etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida turk diplomati Ayshe Inanch ishtirok etgan yig’ilishda mamlakat nomi birinchi marta “Turkiye ” sifatida qo’llanildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi voizi Stefan Dujarrikning kundalik matbuot brifingidan so'ng, matbuot a'zolariga yuborilgan stenogrammada mamlakat nomi "Turkiye" sifatida qayd etildi.

Turkiyaning iltimosidan so'ng BMT chet tillarda "Turkey " sifatida qo'llaniladigan davlat nomini "Turkiye" deb o'zgartirdi.

Dujarrik, Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'lu tomonidan Turkiyaning chet tillardagi nomini "Turkiye" deb o'zgartirish uchun Bosh kotib Antonio Guterresga yuborilgan maktubni olganliklarini aytdi.

Dyujarrikning ta'kidlashicha, mamlakat nomini o'zgartirish  maktub olingan paytdan boshlab kuchga kirdi deya bildirgan edi.

Vazir Chavusho'g'li Twitter sahifasida:

"Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo'g'an boshchiligida mamlakatimizning brend qiymatini oshirish yo'lida boshlagan jarayonimiz nihoyasiga yetmoqda. Bugun BMT Bosh kotibiga yuborgan maktub bilan mamlakatimiz nomini xorijiy tillarda ro'yxatdan o'tkazmoqdamiz. BMTda "Turkiye" sifatida  e’lon qilgan edi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zgartirildi , #BMT , #Turkiye , #Turkey , #Nomi , #Turkiya

Aloqador xabarlar