Turkiya Ukraina portlarini minalardan tozalashda Rossiyaga yordam bermoqchi

Turkiya Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotda Anqara Ukraina portlarini minalardan tozalashni tashkillashtirishda Moskvaga yordam berishga tayyorligini aytgan.

1836573

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Saudiya Arabistoniga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Vladimir Putin va Rajab Tayyip Erdo‘g‘an o‘rtasidagi suhbatdan so‘ng turkiyalik hamkasblar garovga olingan kemalarni ozod qilish uchun Ukraina portlarini minalardan tozalashni tashkil etishda yordam berishga harakat qilishlari haqida kelishib oldi”, deydi Lavrov. 

Eslatish joizki, Turkiya Montryo konvensiyasining Qora dengizdan harbiy kemalarni chiqarib tashlash haqidagi bandlari munosabati bilan NATOning qator harbiy mashg‘ulotlarini bekor qilgandi. 

Rajab Tayyip Erdo‘g‘an shuningdek, Anqara Rossiya tabiiy gazidan voz kechishga qodir emasligini aytgandi.

“Tabiiy gazning 50 foizini Rossiyadan olamiz. Biz uchun bu strategik masala. Biz ularni buza olmaymiz”, deya ta’kidlagan edi u turk yoshlari bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Shuningdek, u Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlarni uzish niyatida emasligini ham qo‘shimcha qilgandi.

Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar