Turkiya Ukrainaga tibbiyot mahsulotlari yetkazib beradi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan tegishli hujjat respublika hukumatining rasmiy gazetasida e’lon qilingan.

1821040
Turkiya Ukrainaga tibbiyot mahsulotlari yetkazib beradi

 

Turkiya ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi niyat va do‘stlik belgisi sifatida Ukrainaga 410 turdagi tibbiy mahsulotlarni tekinga beradi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan tegishli hujjat respublika hukumatining rasmiy gazetasida e’lon qilingan.

Eslatma: 2022 yil 28 mart kuni Anqara va Kiyev o‘rtasida Ukrainaga tibbiy mahsulotlar va dori-darmonlarni tekin yetkazib berish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv imzolangan edi.

Ukraina tomoni Turkiyaning ruxsatisiz bu mahsulotlarni uchinchi davlatga o‘tkazish huquqiga ega emas.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar