Hulusi Akar Ukraina masalasida boʻlib oʻtgan NATO yigʻilishini baholadi

Hulusi Akar NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari o‘rtasida boʻlib oʻtgan Ukraina masalasidagi yigʻilishini baholadi.

1819241
Hulusi Akar Ukraina masalasida boʻlib oʻtgan NATO yigʻilishini baholadi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya va Ukraina o‘rtasida 24-fevralda urush boshlashi bilan Turkiyaning Montryo konventsiyasi (1936) doirasida harbiy kemalarning Bosfordan o‘tolmasligini barcha tomonlarga yetkazganini yodga soldi. Ortidan esa, atalgan manzildan bugungacha hech qanday o‘tish qayd etilmaganini bildirdi.

Hulusi Akar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Germaniyadagi Ramshtayn NATO havo bazasida uyushtirilgan va “Ukrainani mudofaa qilish va xavfsizlik” deb nomlangan yigʻilish ortidan bayonot berdi.

Ushbu yig‘ilishni dunyoning 40 dan ortiq davlati nomidan ishtirok etgan vakillar bilan o‘tkazganliklariga e’tibor qaratgan Akar, Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikovdan tashqari bir qator ishtirokchi bilan ham fikr almashganini qayd etdi.

Ukrainadagi vaziyatlarni yaqindan kuzatganliklarini ham ifoda etgan Akar,

“Iliq munosabat bilan diplomatik yo‘llarni ochishimiz lozim. Bu orqali muammoni yana-da qulay hal qilish imkonlari topiladi degan fikrdamiz”.-deya gapirdi.

Hulusi Akar, yig‘ilishda Turkiyaning voqealarga bo‘lgan ko‘z qarashlarini yana bir bor bo‘lishishga muvaffaq bo‘lganliklarini belgilab o‘tgan holda:

“Prezidentimiz Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bir necha marotaba Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu uchrashuvlarda Hurmatli Prezidentimiz o‘q uzishning tezlik bilan to‘xtatilishi uchun muzokara o‘tkazish yo‘llarini ahtardi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ba’zi qiyinchiliklarga qaramay umidvor ekanliklarini ta’kidlagan Akar,

“Ehtimol, yaqin kunlarda Prezidentimizning takliflari bilan ikki davlatning rahbarlari uchrashadi. Turkiya sifatida yomonlashib borayotgan gumanitar vaziyatning yanada yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘q uzishning imkon qadar tezroq to‘xtashi uchun Turkiya olaroq kerakli har qanday hissani qo‘shishni davom etamiz. Bunga o‘rtamchilik ham doxil”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar