Hulusi Akar Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan muloqot qildi

Hulusi Akar suhbat chog'ida Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojarolarga diplomatik yechim topishga yordam berish uchun zudlik bilan o't ochishni to'xtatishning ahamiyatiga diqqat qaratdi.

1809070
Hulusi Akar Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan muloqot qildi

 

Türkiye Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha, 7-aprel kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Hulusi Akar suhbat chog'ida Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojarolarga diplomatik yechim topishga yordam berish uchun zudlik bilan o't ochishni to'xtatishning ahamiyatiga diqqat qaratdi.

Qolaversa, tinch aholining, ayniqsa Mariupol aholisining quruqlik yoki dengiz orqali xavfsiz evakuatsiya qilinishining zaruriyligiga e'tibor qaratdi.

Hulusi Akar shuningdek, insonparvarlik yordamlari uchun har tomonlama ko'maklashishga harakat qilayotgan Türkiye, bundan keyin ham mintaqada tinchlikni ta'minlash uchun o'z zimmasiga tushgan vazifalarni bajarishda davom etishini takrorladi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar