AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Turkiyaga tashrif buyuradi

Tashrif chog'ida Viktoriya Nulandga Mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik masalalari bo'yicha o'rinbosari Ilan Goldenberg va maslahatchi o'rinbosari Erika Olson hamrohlik qiladi.

1806591
AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Turkiyaga tashrif buyuradi

 

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland 2-aprelda boshlangan xizmat safari doirasida Fransiya, Turkiya, Gretsiya, Germaniya va Janubiy Kipr Rum boshqaruviga tashrif buyuradi.

AQSh Davlat departamentining yozma bayonotiga ko’ra, Viktoriya Nuland "ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, Ukrainani qo'llab-quvvatlashga urg'u berish va Ukrainaga urush ochgan Rossiyaga keskin javob berishga tashviq etish maqsadida 2-9 aprel kunlari Fransiya, Turkiya, Gretsiya, Kipr Rum ma'muriyati va Germaniyada bo’ladi.

Nuland Parijda Fransiya, Germaniya va Britaniya tashqi ishlar vazirlari o’rinbosarlari bilan uchrashadi.

So’ngra, Turkiya, Gretsiya va Kipr Rum boshqaruviga tashrif buyurib, mintaqaviy xavfsizlik va ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalarni muhokama qiladi.

Tashrif chog'ida Mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik masalalari bo'yicha o'rinbosari Ilan Goldenberg va maslahatchi o'rinbosari Erika Olson Nulandga hamrohlik qiladi.

Turkiya ziyorati chog'ida esa, AQSh Davlat kotibining o’rinbosarlari Karen Sasahara va Jennifer Gavito ham hamrohlik qilishi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #Viktoriya Nuland

Aloqador xabarlar