Mavlud Chavusho‘g‘li BAA tashqi ishlar vaziri Al Nahayon bilan uchrashdi

"Ikki tomonlama munosabatlarimiz va mintaqaviy o’zgarishlar, ayniqsa Ukrainadagi voqealarni muhokama qildik",-deb aytgan Turkiya TIV rahbari o'zining Twitter'dagi sahifasida.

1799289
Mavlud Chavusho‘g‘li BAA tashqi ishlar vaziri Al Nahayon bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bugun, 21-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Mavlud Chavusho‘g‘li Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu Dabida BAA tashqi ishlar vaziri Al Nahayon bilan uchrashdi.

"Ikki tomonlama munosabatlarimiz va mintaqaviy o’zgarishlar, ayniqsa Ukrainadagi voqealarni muhokama qildik",-deb aytgan Turkiya TIV rahbari o'zining Twitter'dagi sahifasida.

Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida 16-Birlashgan Arab Amirliklari Elchilari va Diplomatik Missiya Vakillari Forumida faxriy mehmon sifatida nutq so’zlaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mavlud Chavusho'g’li , #BAA

Aloqador xabarlar