Turkiya Rossiya-Ukraina muzokaralari ijobiy natija berishiga umid bildirdi

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo‘lib o‘tgan muzokara yakunlari bo‘yicha matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

1796845
Turkiya Rossiya-Ukraina muzokaralari ijobiy natija berishiga umid bildirdi

 

Turkiya Rossiya bilan Ukraina muzokaralari ijobiy natija berishiga umid qiladi, muzokaralarning har bir davrasida o‘zaro tushunish ortib bormoqda, deb bayonot berdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

"Shartlarning murakkabligiga qaramasdan, biz diplomatiyaga ishonishni davom ettiramiz. Biz bu ishonchni asraymiz, biz Belarusda bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz va ushbu muzokaralar ijobiy natija berishini tilaymiz. Ikki tomon bilan aloqada bo‘lib turgan davlat sifatida, ushbu jarayonga hissamizni qo‘shish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz", – dedi Chavusho‘g‘li Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo‘lib o‘tgan muzokara yakunlari bo‘yicha matbuotga bergan brifingda.

Vazir mazkur doirada Turkiya tomoni Lavrov bilan ham, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan ham uchrashganini eslatdi.

"Uchrashuvdan uchrashuvga tomonlarning pozitsiyasi yanada tushunarliroq bo‘lib bormoqda", – deya ta’kidladi Turkiya TIV rahbari.



Aloqador xabarlar