Guterrish Prezident Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Erdo‘g‘an bilan BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish telefon orqali muloqot qildi.

1794684
Guterrish Prezident Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik appari Aloqalar bo‘limi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra ushbu muloqat chog‘ida, Rossiya-Ukraina urushi bosh bo‘lish bilan birga mintaqaviy va xalqaro masalalar qo‘lga olingan.

Prezident Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushida o‘q uzishni to‘xtatish va tinchlikni qayta tiklash uchun kuch va g‘ayrat sarf etganliklari shuningdek, gumanitar yordam va evakuatsiyalar uchun ham chora ko‘rayotganliklarini bildirdi.

Guterrish esa Prezident Erdo‘g‘anga, Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘rtamchilik qilish tashabbuslari, tinchlikka hissa qo‘shish va diplomatik sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.



Aloqador xabarlar