Fahriddin Ko'ja Gruziya sog'liqni saqlash vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda Turkiya va Gruziya o'rtasida sog'liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

1792761
Fahriddin Ko'ja Gruziya sog'liqni saqlash vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja Gruziya mehnat, sog'liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri Zurab Azarashvili bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya va Gruziya o'rtasida sog'liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Fahriddin Ko'ja ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Gruziya mehnat, sog'liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri Zurab Azarashvili bilan poytaxt Anqarada uchrashganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja Gruziya mehnat, sog'liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri Zurab Azarashvili bilan Turkiya sog'liqni saqlash tizimidagi tajribalarini o'rtoqlashgan.

“Biz dori-darmon, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy anjomlar yetkazib berish, bemorlarni davolash bo‘yicha Gruziya bilan yaqindan hamkorlikni davom ettiramiz”,- dedi Turkiya sog'liqni saqlash vaziri.

 


Tanlangan kalimalar: #Fahriddin Ko'ja , #Gruziya , #Turkiya

Aloqador xabarlar