Chavusho’g’li Antaliyada Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari bilan uchrashadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, 10-mart kuni Antaliya diplomatiya forumida rus va ukrainalik hamkasblari bilan uch tomonlama formatda uchrashishlarini ma’lum qildi.

1791159

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, payshanba kuni Antaliyada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba bilan uchrashishlarini bildirdi.

Vazirlikda bayonot bergan Chavusho’g’li, tomonlar bilan o’tkazgan uchrashuvlari, bu yig’ilishda har ikki vazirning ham ishtirok etishini istaganini bildirdi.

Mevlut Chavusho'g'li

"Biz, ayniqsa, bu uchrashuv burilish nuqtasi boʻlishiga umid qilamiz. Tinchlik va barqarorlik yoʻlida ijobiy qadam boʻlishini tilaymiz", - dedi u.

Rossiya askarlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum boshladi.

Turkiya hujumlardan oldin va keyin har ikki tomonga vositachilik taklif qildi.

Aloqador xabarlar