Mavlud Chavusho’g’li Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari bilan muloqot qildi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar suhbat chog'ida Ukrainadagi urushni to'xtatish bo'yicha tafsilotlarni muhokama qilgan.

1790849
Mavlud Chavusho’g’li Rossiya va Ukraina TIV rahbarlari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, tomonlar suhbat chog'ida Ukrainadagi urushni to'xtatish bo'yicha tafsilotlarni muhokama qilgan.

Shuningdek, kecha Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin o'rtasida bo'lib o'tgan telefon orqali suhbat tafsilotlari, unda belgilangan vazifalarni bajarish kabi xususlar bo'yicha fikr almashilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Mavlud Chavusho'g’li

Aloqador xabarlar