Hulusi Akar Germaniya Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama, mintaqaviy va global muammolar, mudofaa sanoati, harbiy tayyorgarlik va hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

1781687
Hulusi Akar Germaniya Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi doirasida Germaniya Mudofaa vazirligi lavozimiga yangi tayinlangan Christine Lambrecht bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama, mintaqaviy va global muammolar, mudofaa sanoati, harbiy tayyorgarlik va hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Hulusi Akar shuningdek, Turkiya va Germaniya o'rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarga urg'u berib, mudofaa sanoatidagi cheklovlar bo'yicha aniq qadamlar qo'yilishi kutilayotganiga e'tibor qaratdi hamda Fathulloh Gulen ( FETO) terror tashkilotiga qarshi kurashda hamkorlikka ishora qildi .

Hulusi Akar qolaversa, Somali Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar bilan bir qatorda mudofaa va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Hulusi Akar ikki davlat o’rtasidagi siyosiy va harbiy hamkorlik bilan bir qatorda do’stlik va qardoshlik har sohada rivojlanib borayotganini, Turkiya Somali xalqining xavfsizlik va tinchlikda yashashi uchun har tomonlama yordam berishda davom etishini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Christine Lambrecht , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar