Erdo’g’an Abu Dabi valiahd shahzodasi Al Nahayon bilan uchrashdi

Uchrashuvda Turkiya va BAA o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, dolzarb ahamiyatga molik mintaqaviy o‘zgarishlar muhokama qilingan.

1778637
Erdo’g’an Abu Dabi valiahd shahzodasi Al Nahayon bilan uchrashdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayon bilan uchrashuv o’tkazdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi.

“Prezidentimiz Rajab Tayyip Erdo‘g‘on Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayon bilan o’zaro uchrashuv o‘tkazdi”, — deyiladi departament xabarida.

BAAning rasmiy agentligi (WAM) xabar berishicha, yetakchilarning tor doiradagi o’zaro uchrashuvi poytaxt Abu Dabidagi Qasr Al-Vatan saroyida bo’lib o’tgan.

Uchrashuvda Turkiya va BAA o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, dolzarb ahamiyatga molik mintaqaviy o‘zgarishlar muhokama qilingan.

Xabarga ko'ra, Bin Zoid uchrashuv chog’i, ushbu tashrif ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik va mushtarak rishtalarni mustahkamlashda yangi farovon davr boshlanishiga zamin yaratishiga tilak bildirdi.

Mintaqaviy tinchlik va hamkorlik yo’lida tashlanadigan har bir qadamni mamnuniyat bilan kutib olishlarini ifoda etgan Bin Zoid, mintaqadagi turli qiyinchiliklarga qarshi mushtarak kurash olib borish uchun BAA hukumati Turkiya bilan yaqindan hamkorlikka katta ahamiyat berishini ta’kidladi.

Erdo'g'anning BAAga tashrifi davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BAA , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar