Turkiya Polsha bilan boʻlgan munosabatini har sohada yana da rivojlantirmoqchi

Prezident Erdoʻgʻan Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan telefon orqali muloqat qildi.

1776698
Turkiya Polsha bilan boʻlgan munosabatini har sohada yana da rivojlantirmoqchi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Duda ushbu muloqat chogʻida, Prezident Erdoʻgʻan va rafiqasi Emine Erdoʻgʻanga shifo tilagan.

Prezident Erdoʻgʻan ham Polsha Prezidenti Dudaga yaxshi tilaklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydigan xususlar va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilingan muloqatda Prezident Erdoʻgʻan, Turkiya-Polsha munosabatlarini har sohada yanada rivojlantirish va strategik sheriklikni “Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi” mexanizmini oʻrnatish orqali yana da yuqori oʻringa chiqarish istagida ekanliklarini ifoda etdi.

Rossiya va Ukraina oʻrtasida qayd etilgan taranglikni yaqindan kuzatib borayotganliklarini ifoda etgan Erdoʻgʻan, Turkiya sifatida bu mavzudagi taranglikni kamaytirish tashabbuslarini davom etayotganliklarini ham oʻz soʻziga ilova etdi.  

 



Aloqador xabarlar