Bekir Pakdemirli O'zbekistonda turk investorlar bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va Turkiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar ham ishtirok etdi.

1775873
Bekir Pakdemirli O'zbekistonda turk investorlar bilan uchrashdi

 

Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli O'zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatda faoliyat ko'rsatayotgan turkiyalik investorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va Turkiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar ham ishtirok etdi.

Vazir Pakdemirli Turkiya qishloq xo'jaligi sohasida O'zbekistonga eng ko'p tashrif uyushtirgan davlatlardan biri ekanligini ta'kidlab, O'zbekiston turklar uchun muhim davlat ekanini ta'kidladi.

Pakdemirlining O‘zbekistondagi birinchi uchrashuvini mamlakatda faoliyat yuritayotgan investorlar bilan o‘tkazganiga diqqat qaratgan Xo‘jayev, mazkur uchrashuvda turk investorlar bilan bog‘liq turli masalalarni muhokama qilishlarini bildirdi.

Yig‘ilishda muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, soha ishbilarmonlari duch kelayotgan muammolar yechimi yuzasidan takliflar bildirildi. Yig‘ilish natijalari ertaga bo‘lib o‘tadigan delegatsiyalar o‘rtasidagi uchrashuvlarda muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot ishlari va Oʻzbekistonning texnik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuvda 100dan ortiq turk investorlar, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligining masʼul xodimlari, shuningdek, Turkiya Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari ishtirok etgan.

Pakdemirli Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga ham tashrif buyurib, elchi Olgan Bekar bilan uchrashdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Bekir Pakdemirli

Aloqador xabarlar