Turkiya Afg'onistondagi 100 nafar oilaga oziq-ovqat va kiyim-kechak tarqatdi

Turkiyadan yo‘lga chiqqan oziq-ovqat va insonparvarlik yordamlari ortilgan poyezd ham shu kunlarda Afg‘onistonga yetib borishi kutilmoqda.

1774491
Turkiya Afg'onistondagi 100 nafar oilaga oziq-ovqat va kiyim-kechak tarqatdi

 

Afg'onistondagi gumanitar inqirozga befarq bo'lmagan Turkiya jabrlangan xalqni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Shu kunlarda Turk Qizil yarim oy jamiyati rahbari Kerem Kinik boshchiligidagi delegatsiya Afg'oniston poytaxti Kobulda bo’lib turibdi.

Ular Afg’onistonga insonparvarlik yordam dasturi doirasida 100 nafar oilaga oziq-ovqat, yetim bolalarga qishki kiyim-kechak tarqatdi.

Turkiyadan yo‘lga chiqqan oziq-ovqat va insonparvarlik yordamlari ortilgan poyezd ham shu kunlarda Afg‘onistonga yetib borishi kutilmoqda.

Turk Qizil yarim oy jamiyati rahbari TRT-Xabar telekanaliga bergan intervyusida bu haqda ma’lum qildi.

"Turkiyadan yo’lga otlangan mehribonlik poyezdi shu kunlarda Afg’onistonga yetib kelishi kutilmoqda. Poyezdda taxminan 800 tonna oziq-ovqat, tibbiy vositalar, dori-darmon va boshqa turli xil insonparvarlik yordamlari o’rin olgan. Biz Turkiyadagi 11ta nodavlat tashkiloti va Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yetakchiligida Afg'onistondagi Qizil Yarim Oy jamiyati bilan hamkorlikda Afg'onistonning 34 viloyatiga insonparvarlik yordamlarini tarqatamiz”,-dedi jamiyat rahbari Kerem Kinik.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar