Turkiya va Gretsiya chegarasida 19 nafar migrantning jasadi topildi

Turkiya Gretsiya chegarachilarini migrantlar guruhini chegara orqali ortga qaytishga majburlaganlikda ayblagan.

1772927
Turkiya va Gretsiya chegarasida 19 nafar migrantning jasadi topildi

 

Turkiya va Gretsiya chegarasida joylashgan Edirne viloyati Ipsala tumanida muzlab qolib, halok bo‘lgan migrantlar soni 19 nafarga yetdi.

Turkiya Gretsiya chegarachilarini migrantlar guruhini chegara orqali ortga qaytishga majburlaganlikda ayblagan.

Turkiya rasmiylarining ma’lum qilishicha, 2-fevral kuni ertalab 11 kishining jasadi topilgan. Muzlagan holda topilgan yana bir fuqaro esa keyinroq shifoxonada vafot etgan. Keyinchalik qurbonlar soni 19 nafarga yetgan.

Turkiya Gretsiyani migrantlarni majburan qaytarishda ayblagan, bu xalqaro inson huquqlari qonunchiligiga muvofiq noqonuniy hisoblanadi.

Kecha Gretsiya tomonidan ortga surilgan 22 muhojirdan 12 nafari Ipsala tumani Pashakoy qishlog'ining Mandakoru mahallasida muzlab halok bo'lgani haqida xabar berilgandi.

Hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borayotgan jandarm, politsiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) guruhlari yana 4 muhojirning jasadini topishgandi.

Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja Gretsiyaning g'ayriinsoniy harakatiga munosabat bildirdi.

Fahriddin Ko'ja Gretsiya sog'liqni saqlash vaziri Thanos Plevrisga murojaat qildi.

 

"Janob Thanos Plevris chegarani kesib o'tishga urinayotganda insonparvarlik ehtiyojlarini hisobga olmasdan qaytarilgan 17 muhojirga kerakli tibbiy yordam ko'rsata olmadik. Ularga yetib borganimizda 16 nafari afsuski muzlab o'lgandi. Ulardan birini kasalxonaga yetkazdik, lekin juda kech edi. Insoniylik o'lmasligi kerak!",- dedi.

Edirne gubernatorligi tomonidan berilgan bayonotda, “Afsuski, Ipsala tumanimizda greklar tomonidan ortga haydalgan va sovuqda muzlab oʻlgan muhojirlar joylashgan hududda kecha va bugun davom etgan qidiruv-qutqaruv faoliyatlarida topilgan jasadlar soni 19 nafarga yetdi" deyiladi.


Tanlangan kalimalar: #migrant , #Turkiya , #Gretsiya

Aloqador xabarlar