Turkiya prezidenti Erdo’g’an bugun Ukrainaga safar qiladi

Tashrifning asosiy kun tartibi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishini oldini olish masalasi bo‘ladi. Prezidentlar Rossiya va Ukraina o'rtasidagi keskinlikni batafsil muhokama qiladi.

1772673
Turkiya prezidenti Erdo’g’an bugun Ukrainaga safar qiladi

 

Bugun, 3-fevral kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ukrainaga safar qiladi.

Erdo’g’an Kiyevga tashrifi chog’ida mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Prezidentlar Oliy darajadagi strategik kengash yig’ilishida ishtirok etadi.

Tashrif davomida Turkiya-Ukraina o’rtasida hamkorlik bo'yicha yangi qadamlar qo'yilishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida ikki davlat oʻrtasidagi savdo hajmini oshirish va Erkin savdo bitimini imzolash rejalashtirilgan.

Biroq, uchrashuvning asosiy kun tartibi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishini oldini olish masalasi bo‘ladi. Prezidentlar Rossiya va Ukraina o'rtasidagi keskinlikni batafsil muhokama qiladi.

Shuningdek, Qora dengizda keskinlikni bartaraf etish yo’lida tashlanadigan qadamlar ko’zdan kechiriladi.

Prezident Erdo‘g‘an Zelenskiyga “mintaqada tinchlikni saqlash, keskinlik va qizg‘in mojarolarning oldini olish” haqida maslahat berishi kutilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Erdo’g’an yaqin kunlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Turkiyada kutib oladi va tinchlikni ta’minlash uchun o’zaro murosaga chaqiradi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar