Turkiya va Ukraina erkin savdo bo‘yicha kelishuv imzolamoqda

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning bugun, 3-fevral kuni Kiyevga tashrifi chog'ida Ukraina bilan Turkiya o'rtasida erkin savdo bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorgarlik ketayotganligini ma'lum qildi.

1772624
Turkiya va Ukraina erkin savdo bo‘yicha kelishuv imzolamoqda

 

Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Ukraina bilan Turkiya o'rtasida erkin savdo bo‘yicha 12 ta yangi shartnoma imzolanishi rejalanganligini bildirdi.

Shmigal Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidagi bayonotida Turkiya bilan erkin savdo bo‘yicha kelishuvdan tashqari, yuqori texnologiya, aerokosmik sanoat, yoshlar siyosati va huquqni muhofaza qilish sohalarida hamkorlik bo'yicha kelishuv loyihalari vazirlar mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etilganini bildirdi.

Denis Shmigal bugun Ukraina va Turkiya o'rtasida 12 ta shartnoma imzolanishi rejalashtirilayotganini qayd etdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning bugun, 3-fevral kuni Kiyevga tashrifi chog'ida Ukraina bilan Turkiya o'rtasida erkin savdo bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorgarlik ketayotganligini ma'lum qildi.

Avvalroq, “Yaqin kunlarda Ukraina Turkiya bilan o‘zaro erkin savdo bo‘yicha kelishuv imzolaydi. Erkin savdo hududi bo‘yicha guruhlarimiz ishlamoqda. Ishonchim komil, kelishuvga erishamiz”, degandi prezident Vladimir Zelenskiy Radadagi chiqishi chog‘ida.

Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi xabariga ko‘ra, 2021 yil Ukraina va Turkiya savdo aylanmasi 5 milliard dollarga teng bo‘lgan. Tomonlar bu miqdorni 10 milliardga yetkazishni maqsad qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar