Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush AQSh savdo vaziri bilan muloqot qildi

"AQSh Savdo vaziri Jina Raimondo bilan telefon orqali samarali suhbat oʻtkazdik. 2021-yilda 28 milliard dollarga yaqinlashayotgan o'zaro savdo hajmimizni yana-da oshirish boʻyicha tashlanadigan qadamlarni muhokama qildik",-dedi Mehmet Mush Twitter'da.

1758999
Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush AQSh savdo vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush bugun, 7-yanvar kuni Amerika Qo'shma Shtatlari savdo vaziri Gina Raimondo bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mehmet Mush Twitter'dagi sahifasida Amerika Qo'shma Shtatlari Savdo vaziri bilan telefon orqali suhbati haqida ma'lumot berdi.

"AQSh Savdo vaziri Jina Raimondo bilan telefon orqali samarali suhbat oʻtkazdik. 2021-yilda 28 milliard dollarga yaqinlashayotgan o'zaro savdo hajmimizni yana-da oshirish boʻyicha tashlanadigan qadamlarni muhokama qildik. Kelgusida tijoriy aloqalarimizni yaxshilash uchun yana ham yaqin muloqotda boʻlamiz",-deb yozgan Mehmet Mush Twitter'dagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar