Mavlud Chavusho’g’li Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun, 6-yanvar kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Qozog'istondagi vaziyatni muhokama qildi.

1758214
Mavlud Chavusho’g’li Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog'ida Turkiya va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik xalqaro masalalar jumladan, NATO Rossiya kengashi yig'ilishi, Qozog'istondagi vaziyat, Bosniya Gertsegovina va Kavkazdagi dolzarb o'zgarishlar bo'yicha fikr almashildi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li avvalroq, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan Qozog’istondagi o’zgarishlarni muhokama qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar