Erdo'g'an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Turkiya-Rossiya munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan qadamlar muhokama qilindi.

1755823
Erdo'g'an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

 

Kecha, 2-yanvar kuni Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida Turkiya-Rossiya munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan qadamlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mintaqaviy muammolar ayniqsa, Kavkaz, Suriya va Liviyadagi o'zgarishlar muhokama qilindi.

Yetakchilar Turkiya va Rossiya o’rtasidagi hamkorlikni barcha sohalarda ilgari surish qat’iyligini yana bir bor ta’kidladi.

Rossiya Prezidentlik saroyidan berilgan yozma bayonotda, muloqot chog'ida turli mintaqaviy mavzular tilga olingani, Rossiyaning Amerika Qo'shma Shtatlari va NATOga turli xavfsizlik kafolatlari bilan bog'liq takliflari muhokama qilingani bildirildi.

Suhbat chog‘ida tomonlar Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni faollashtirishga sodiq ekanliklarini yana bir bor ta’kidlagani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Rossiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar