Turkiya Nigerda sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

"Ushbu jirkanch terror harakatini qattiq qoralaymiz. Hujumda halok bo’lgan harbiylarning oilalariga, do'st va qardosh Niger xalqi va hukumatiga samimiy hamdardlik bildiramiz",-deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

1743430
Turkiya Nigerda sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

 

Turkiya Niger Respublikasining Mali bilan chegaradosh zonasidagi G5 Sahel qoʻshma kuchlari qarorgohiga uyushtirilgan terror hujumini keskin qoraladi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotda, Nigerning Tillaberi hududidagi G5 Sahel mushtarak kuchlariga ajratilgan bazaga terror hujumi sodir etilgani, unda Niger xavfsizlik kuchlarining 29 nafar a'zosi halok bo'lgani chuqur qayg'u bilan bildirildi.

Bayonotda "Ushbu jirkanch terror harakatini qattiq qoralaymiz. Hujumda halok bo’lgan harbiylarning oilalariga, do'st va qardosh Niger xalqi va hukumatiga samimiy hamdardlik bildiramiz",- degan ifodalarga o’rin berilgan.

Niger ommaviy axborot vositalari G5 Sahel kuchlari qarorgohiga kecha noma'lum qurolli shaxslar tomonidan hujum qilinganini e'lon qilgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda 29 nafar harbiy halok bo‘lgan, to‘qnashuvlarda 79 nafar terrorchi o‘ldirilgan.


Tanlangan kalimalar: #Niger , #Turkiya

Aloqador xabarlar