Sulaymon So'ylu Gretsiya immigratsiya vaziri Notis Mitarakis bilan uchrashdi

Matbuotga yopiq shaklda o'tgan muzokarada migratsiya, terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

1728377
Sulaymon So'ylu Gretsiya immigratsiya vaziri Notis Mitarakis bilan uchrashdi

 

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So'ylu Turkiyaga tashrif buyurgan Gretsiya immigratsiya va boshpana vaziri Notis Mitarakis bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari o'rtasida hamkorlikni jadallashtirish masalalari ko'zdan kechirildi.

Uchrashuvdan so'ng tomonlar poytaxt Ankaradagi Xavfsizlik va Favqulodda Vaziyatlar Koordinatsiya Markazida (GAMER) delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralarga raislik qildi.

Matbuotga yopiq shaklda o'tgan muzokarada migratsiya, terrorizmga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Notis Mitarakis , #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar