Ilhom Aliyev Turkiya prezidenti Erdo'g'anni Respublika bayrami bilan tabrikladi

Aliyev Erdo'g'anni va turk xalqini shaxsan va Ozarbayjon xalqi nomidan Turkiya Respublikasi tashkil topganining 98 yilligi bilan tabriklab, siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchli bo'lgan Turkiyaning katta muvaffaqiyatlarga erishganligini ta'kidladi.

1726526
Ilhom Aliyev Turkiya prezidenti Erdo'g'anni Respublika bayrami bilan tabrikladi

 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 29-oktyabr Respublika bayrami munosabati bilan Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'anga tabrik yo'lladi.

Aliyev o'z maktubida Erdo'g'anni va turk xalqini shaxsan va Ozarbayjon xalqi nomidan Turkiya Respublikasi tashkil topganining 98 yilligi bilan tabriklab, siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchli va barqaror bo'lgan Turkiyaning juda katta muvaffaqiyatlarga erishganligini ta'kidladi.

Erdo'g'an rahbarligida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar Turkiyaning har tomonlama taraqqiyoti va yuksalishiga xizmat qilayotganini ifoda etgan Aliyev, Turkiya xalqining Erdo'g'anga bo'lgan katta ishonchi strategik rivojlanish yo'nalishidagi muvaffaqiyatining yorqin ifodasi ekanini qayd etdi.

Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstlik va qardoshlik munosabatlari ikki xalqning mushtarak tarixi, milliy va maʼnaviy qadriyatlari kabi mustahkam negizlar ustiga oʻrnatilganligini taʼkidlagan Aliyev, oʻz maktubida quyidagilarni tilga oldi.

“Hozirda biz ushbu munosabatlarning tarixiy davrini ko‘rib turibmiz. Shusha deklaratsiyasida belgilangan maqsad va yo‘nalishlardan kelib chiqib, ittifoqchilik munosabatlarimiz kundan-kunga kengayib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda.

Ozarbayjonning o‘z tuproqlarini ozod qilish uchun olib borgan kurashida siz, qardosh turk davlati va xalqining qat’iy siyosiy va ma’naviy yordami katta rol o‘ynadi. Ozarbayjon va Turkiyaning birdamligini butun dunyoga yana bir bor ko‘rsatgan bu yordamni xalqimiz hech qachon unutmaydi.

Bir millat, ikki davlat” tamoyili asosida birdamligimizni, barcha sohalardagi samarali va faol hamkorligimizni yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirishimizga to‘liq ishonaman”,-deb yozadi Aliyev o'z maktubida.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar