Turkiya Ozarbayjon bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

"Ozarbayjon bilan 2024 yil oxirigacha amal qiladigan Baku-Tbilisi-Erzurum liniyasidan 11 milliard kub metrlik qo'shimcha tabiiy gaz savdo bitimi imzolandi",-deb aytgan Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri.

1720043
Turkiya Ozarbayjon bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

 

Turkiya va Ozarbayjon o'rtasida Shoh-Dengiz-1 tabiiy gaz konidan gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma Ozarbayjon bilan 2024 yil oxirigacha amal qiladigan qo'shimcha 11 milliard kub metr tabiiy gaz savdosini o'z ichiga oladi.

Bu haqda Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do'nmez ma'lum qildi.

Fotih Do'nmez yozma bayonotida Turkiyaning qo'shimcha tabiiy gaz etkazib berishda muhim yutuqlarga erishganini bildirdi.

U shuningdek,Turkiya muvaffaqiyatli energiya diplomatiyasini olib borgan holda, dunyo jiddiy ta'minot inqiroziga yuz tutgan davrni yengib o'tishini ta'kidladi.

"Tabiiy gazga bo'lgan ehtiyojni qondirish bo'yicha muzokaralar ijobiy davom etmoqda. Aslida, biz gaz etkazib berayotgan mamlakatlarning yetakchilari Turkiyaga jo'natiladigan gaz miqdorining ko'payishini e'lon qilishdi. Shu nuqtai nazardan, Ozarbayjon bilan 2024 yil oxirigacha amal qiladigan Baku-Tbilisi-Erzurum liniyasidan 11 milliard kub metrlik qo'shimcha tabiiy gaz savdo bitimi imzolandi",-deb aytgan Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri.

Ma'lum qilinishicha, ushbu shartnoma asosida, Ozarbayjon Turkiyaga 2022 yilda 2,5 mlrd va 2023 yilda 3,5 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib beradi.

Shuningdek, 2022 yilda Ozarbayjonda 43 mlrd kub metr gaz qazib olinadi.

Eslatish joizki, joriy yilning aprelda Shoh-Dengiz-1 tabiiy gaz konidan Baku-Tbilisi-Erzurum quvuri orqali gaz yetkazib berish bo‘yicha 20 yillik shartnoma o'z nihoyasiga yetgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar