PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 13 terrorist yoʻq qilindi
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham davom etmoqda.
1704581
![PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 13 terrorist yoʻq qilindi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/99d5/6b62/7b27/6108eb299eed1.jpg?time=1718899065)
Suriyaning shimolidagi “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan mintaqada PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 13 terrorist yoʻq qilindi.
Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali berilgan bayonotda quyidagi ifodalarga oʻrin berildi:
“Qahramon askarlarimiz terroristlarga yana ogʻir zarba berdi. Suriyaning shimolidagi Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqada hujum qilish uchun tayyorgarlik koʻrayotgani aniqlangan 13 nafar PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo terroristlar, Turk Qurolli kuchlarimizning muvaffaqiyatli kurashi orqali yoʻq qilindi”.