Tashqi Ishlar vaziri Chavushoʻgʻlu Afgʻonistondagi vaziyatni baholadi

Mevlut Chavushoʻgʻlu, xususiy telekanallardan birida ishtirok etgan dasturda kun tartibini baholadi.

1703934
Tashqi Ishlar vaziri Chavushoʻgʻlu Afgʻonistondagi vaziyatni baholadi

Tashqi Ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻlu:

“Kobul aeroportining ishlatilishi borasida Qatar va Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) bilan birgalikda faoliyat olib boryapmiz; bir yoʻlini topib, ikki bosqichli”. - dedi.

Chavushoʻgʻlu, xususiy telekanallardan birida ishtirok etgan dasturda kun tartibini baholadi.

Turkiyaning Kobul aeroportini ishga tushirish masalasi ustidan Qatar va AQSh bilan birgalikda ishlayotganini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu:

“Aeroport hozirda ba’zi texnik qatnovlar yoki gumanitar yordam olib borgan uchoqlarning qoʻnishi uchun xizmatda. Bir nechta ichki safarlar ham boshlatildi. Evakuatsiya qilinishi kerak boʻlgan insonlar bor. Biz Turkiyaga qaytmoqchi boʻlgan fuqarolarimizning yirik qismini yurtga olib keldik. Bir min toʻrt yuz nafardan ortiq kishini evakuatsiya qildik”. - dedi.

Turkiyaning Tolibonni tan olib-olmasligi haqidagi savolga qarshi Chavushoʻgʻlu:

“Bu masalada shoshilmasligimiz kerak. Bu bizning butun dunyoga maslahatimiz. Keng koʻlamli hukumat tuzilishi shart. U faqatgina Tolibondan iborat boʻlmasligi, hammani oʻz ichiga olishi zarur. Xalqaro hamjamiyat birgalikda harakat qilishi lozim. Umid qilamizki, ayollar ham ishtirok etadi. Sharoit va vaziyatga qarab qadam tashlaymiz”.-deb javob berdi.

“Turkiya sifatida Afgʻonistonda bugungacha insonparvarlik va ahloqiy javobgarchiligimizni hammadan koʻproq bajardik”.- degan Mevlut Chavıshoʻgʻlu:

“Hamma ham Turkiyaning bugungacha oʻz zimmasiga tushgan vazifasini bajarganini qabul qilmoqda. Shu bois ham biz qoʻshimcha migratsiya yukini koʻtarolmaymiz. Oldini olish kerak. Migratsiya masalasiga insonparvarlik bilan yondashamiz lekin bu global muammo”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar