Erdo’g’an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

Suhbat chog‘ida Turkiya-Ukraina munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

1695412
Erdo’g’an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 22 avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida Turkiya-Ukraina munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Erdo’g’an suhbat davomida Turkiyada ro’y bergan o’rmon yong’inlariga qarshi kurashda ko’rsatgan yordamlari uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga cheksiz minnatdorlik bildirdi.

Ayni vaqtda, Ukraina davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Zelenskiyni tabriklagan Erdo’g’an, Ukraina bilan Turkiya o’rtasidagi strategik hamkorlikni har sohada, jumladan xavfsizlik, mudofaa sanoati, turizm, savdo-iqtisodiy va boshqa turli sohalarda yanada rivojlantirishda davom etishini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar