Akar Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi doirasida uchrashuvlarini davom ettirmoqda
Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi doirasida uchrashuvlarini davom ettirmoqda.
1694210
![Akar Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi doirasida uchrashuvlarini davom ettirmoqda](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/37e0/e8f0/d960/6114ce95e51ca.jpg?time=1718932519)
Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, 15-Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi (IDEF'21) doirasidagi uchrashuvlarini davom ettirmoqda.
Hulusi Akar, Chad Mudofaa vaziri Daud Yaya Brahim, Burkina-Faso Mudofaa vaziri Eymi Bartelemi, Mavritaniya Mudofaa vaziri Xenena Uld Sidi va Ekvatorial Gvineya Mudofaa vaziri Viktoriano Bibang Nsue Okomo bilan alohida-alohida uchrashdi.
Akar Togo Mudofaa vaziri Margarita Gnakade bilan ham uchrashdi. Uchrashuv ortidan Hulusi Akar va Gnakade tomonidan Harbiy doira shartnomasiga qoʻl qoʻyildi.
Mudofaa vairi Akar shuningdek, Shri-Lanka Mudofaa vaziri maslahatchisi Kamal Gunaratne va Ruminiya Prezidentining Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Ion Oprishorni qabul qildi.