Erdoʻgʻan turli hududlarda davom etayotgan yongʻinlar haqida ma’lumot oldi

Prezident Erdoʻgʻan mamlakatning turli hududlarda davom etayotgan yongʻinlar haqida ma’lumot oldi.

1685064
Erdoʻgʻan turli hududlarda davom etayotgan yongʻinlar haqida ma’lumot oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Turkiyaning turli hududlarida davom etayotgan yongʻinlar haqida ma’lumot oldi.

Turkiyaning Egey va Oʻrta Yer dengizi mintaqalarida oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurash 7-kunida davom etar ekan, olovlarni oʻchirish uchun ayniqsa oʻt oʻchiruvchilar keng koʻlamli kurash olib bormoqda.

Prezident Erdoʻgʻan poytaxt Anqaradagi Davlat axborotlarni muvofiqlashtirish markazida oʻrmon yongʻinlari ustidan uyushtirilgan yigʻilishga rahbarlik qildi.

Erdoʻgʻan, Prezidentlik kulliyasidagi markazda katta ekranda aks ettirilgan tasvirlar orqali yongʻin sodir boʻlgan mintaqalardagi oxirgi vaziyat haqida rasmiylardan ma’lumot oldi.



Aloqador xabarlar