Turkiyaning Isoilga qarshi genotsid reaksiyasi
Turkiya “Ekstremistik Isroil hukumatining genotsid siyosati” endilikda ham falastinliklar, ham isroilliklar uchun tahdidga aylanganini bildirdi.
Turkiya “Ekstremistik Isroil hukumatining genotsid siyosati” endilikda ham falastinliklar, ham isroilliklar uchun tahdidga aylanganini bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi, Isroil Tashqi ishlar vaziri Yisrael Katzning ijtimoiy tarmoqdagi posti bilan bog'liq yozma bayonot berdi.
Bayonotda, “Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an Isroilning Falastinliklarga nisbatan kechirib bo’lmas jinoyatlarini jasorat bilan qoraladi.
Turkiya Isroil tomonidan sodir etilgan qirg’inni to’xtatish uchun tinimsiz sa’y-harakatlarni olib bormoqda va Isroilni xalqaro hamjamiyatdan ajratib qo’yish uchun qat’iy qadamlar tashlamoqda.
Ayrim isroillik siyosatchilarning asossiz da’volar bilan Turkiya va Prezident Erdo’g’anni hurmatsizlik bilan nishonga olishining asl sababi ham shu.
“Ekstremistik Isroil hukumatining genotsid siyosati endilikda ham falastinliklar, ham isroilliklar uchun tahdidga aylandi”.
Bayonotda Turkiyaning Isroilning Falastinliklarga qarshi irqchi va adolatsiz siyosatlarini kun tartibiga olib chiqishda davom etishi qayd etildi.
Falastinliklar o'z yurtlarida o'z davlatiga ega bo'lmaguncha Turkiyaning bu haq da'voni himoya qilishi ta'kidlandi.
Isroil Tashqi ishlar vaziri Katz, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan bog’liq so’zlarini baham ko’rib, Prezident Erdo’g’anga tuhmat qildi.