Altun:"63ta hududning 43 nafarida o'rmon yong’inlari o’chirildi"

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo’yicha departamenti rahbari Fahriddin Altun Turkiya janubida davom etayotgan o’rmon yong’inlarini o’chirish faoliyatlari haqida ma'lumot berdi.

1682713
Altun:"63ta hududning 43 nafarida o'rmon yong’inlari o’chirildi"

 

Turkiya janubida bir necha kundir davom etayotgan o’rmon yong’inlarini o’chirish faoliyatlari jadallik bilan olib borilmoqda. 63ta hududning 43 nafarida yong’inlarni o’chirishga muvaffaq bo’lingan.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo’yicha departamenti rahbari Fahriddin Altun ma'lum qildi.

“Yong‘inlar sabablarini aniqlash bo‘yicha har tomonlama tergov boshlandi. Tabiatimiz va o‘rmonlarimizga ziyon yetkazishga uringanlar tez orada o‘z qilmishi uchun javob beradi. Biz yong‘inlarga qarshi kurashayotgan qahramonlarimizni duo qilib qolamiz. Davlatimizning barcha imkoniyatlari falokatga qarshi kurashga safarbar qilingan”,-dedi Fahriddin Altun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

U shuningdek, yong’inni o’chirish faoliyatlarida tinimsiz mehnat qilayotgan mutahassislar va texnika vositalari haqida ma’lumot bergan.

“21 viloyatda sodir bo’lgan o’rmon yong’inlariga qarshi kurashda davlatimizning tegishli tashkilot va muassasalaridan taxminan 4 ming nafar malakali o’t o’chiruvchilar, shuningdek, yuzlab texnik vositalar xizmat ko’rsatmoqda”,-deb qo’shmcha qiladi Fahriddin Altun.



Aloqador xabarlar